Abstract:
Zamonaviy adabiyotlarni tahlil qilib shu xulosaga kelish mumkinki, turli xil manbalarda qalqonsimon bezning funktsiyasi buzilganda gemostaz tizimidagi o’zgarishlar oxirigacha o’rganilmagan, ma’lumotlar kam va yagona fikrga kelinmagan. Ayrim olimlar
giperkoagulyatsiya uchrashi to’g’risida fikr berishsa, ba’zilari gipokoagulyatsiya to’g’risida yozishgan. Shuning uchun qalqonsimon bez kasalliklarida gemostaz ko’rsatkichlari va endoteliy markerlarini o’rganish zarur.