Abstract:
Huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishi va ularni tartibga solishi masalasi
davlat va huquq nazariyasi uchun muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Jamiyat hayotida kishilar va ularning turli-tuman tashkilotlari o‘rtasida son-sanoqsiz moddiy, moliyaviy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlar (aloqalar) mavjud bo‘ladi. Maqolada huquqiy ta'sirni ta'minlash mexanizmining elementlarini tahlil qilish va qishloq aholisining xuquqiy madanyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari haqida ma’lumotlar berilgan.