Abstract:
Psixiatriya insonning ruhiy faoliyatidagi o‘zgarishlarni, ularni oldini olish va davolash masalalarini o‘rganadi. «Psixiatriya» atamasi, aslida, grekcha «psixe» – ruh va «iatre» – «davolayman» so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, tana va ruhni alohida davolash va o‘rganish mumkin deb hisoblangan davrlardan buen qo‘llaniladi.
Ruhiy kasalliklar boshqa xastaliklar singari, insoniyat paydo bo‘lganidan buen mavjud. Psixiatriya fan sifatida XVIII asr ohirlarida, psixiatriya bo‘yicha dastlabki ilmiy ishlar paydo bo‘lgan va ruhiy kasalliklar bosh miya kasalliklari sifatida qarala boshlagan vaqtdan rivojlana boshladi. Psixiatriyaning fan sifatida rivojlanishiga F. Pinel, J Eskirol, E. Bleyler, E. Krepelin, A. Mayer, I,P. Pavlov, I.M. Sechenov, I. M. Balinskiy, I. P. Merjeevskiy, V.M. Bexterev, S. S. Korsakov, V.X. Kandinskiy, V. P. Serbskiy, P. V. Gannushkin, I. V. Kaщenko, shuningdek vatanimizning Abu Ali Ibn Sino, Kannabix YU.V., Preobrajenskiy S.A., Trapeznikov A.V., Blinovskiy YU.A., Blankfeld A.E., Afanasev D.V., Detengoff F.F., Alimov X.A kabi fan namoyondalari o‘zlarining katta xissalarini qo‘shganlar.