Abstract:
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE) yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan va prognostik jihatdan noqulay patologiyalaridan biri, shuningdek, kasalxonaga yotqizishning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. SYuE holatlarining katta foizi aholining nogironligiga olib kelganligi sababli, optimal davolanishni izlash va hayot sifatini
yaxshilash muhimdir. SYuE va surunkali buyrak kasalligi (SBK) ning ko’plab patogenetik aloqalarining sinergizmi “kardiorenal sindrom” tushunchasini shakllantirishga imkon berdi [8,9]. Buyrak va yurak disfunktsiyasining o’zaro salbiy ta’siri isbotlangan, bu buyrak etishmovchiligining rivojlanishida SYuE ortishi va yurak faoliyatining yomonlashishi bilan buyrak funktsiyasining buzilishida namoyon bo’ladi.