Abstract:
Psoriatik artrit kasalligida jigar
noalkogol gepatoz kasalligi kelib chiqishi, uchrashi va
darajalarini aniqlash orqali, kasallikni prognoz qilish va
zo‘rayib borishini oldini olish.
Psoriatik artrit kasalligida metabolik sindrom rivojlanishi
natijadasida jigar noalkogol gepatoz kasalligi
kelib chiqishi mumkin. Bu qo‘shma kasallikda jigar
noalkogol gepatozi rivojlanish mexanizmida asosan
adipositokinlar miqdorining oshishi jigarni yog‘ bosishiga
olib keladi. Agar jigar yog‘li gepatoziga o‘z vaqtida
e’tibor qaratilmasa keyinchalik bu jigar serrozi, jigar
karsinomasi kabi og‘ir kasalliklarga aylanishi mumkin.
Xavf omillariga semizlik, yoshi, jinsi, chekish, zararli
odatlar va yondosh kasalliklari borligi kiradi.