Abstract:
Tuxumdon raki – ayollar orasida yomon sifatli o’smlardan o’lim ko’rsatkichi bo’yicha beshinchi o’rinda va ayollar jinsiy organlari yomon sifatli o’smalaridan o’lim ko’rsatkichi bo’yicha esa yana ham yetakchi hisoblanadi.. Eurocare-3 Studu tomonidan e`lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra , tuxumdon rakidan yashovchanlik ko’rsatkichi dastlabki 5 yil ichida 9-30 % dan oshmaydi. Jemal A. tomonidan berilgan ma`lumotlarga ko’ra esa bu ko’rsatkich zamonaviy xirurgiya va kimyoterapiya yutuqlariga qaramay 45 % ni tashkil etadi.