Abstract:
Oshqozon-ichak traktining bir qator kasalliklarini shakllantirishda Helicobacter pylori (HP) mikroorganizmining etiopatogenetik roli kashf qilinganiga chorak asrdan oshdi. Helicobacter pylori insonning eng keng tarqalgan patogenlaridan biri bo'lib, uning infektsiyasi gastroduodenal zonaning bir qator kasalliklarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Helicobacter pylori (HP) - odamlarda eng ko'p uchraydigan infektsiya bo’lib, Moskvada bu infektsiyaning tarqalishi 60,7-88%, Sankt-Peterburgda 63,6%, Sharqiy Sibirda 90%ga etadi.Evropada H.pylori ning antibakterial qarshilik darajasini istiqbolli baholash va turli mamlakatlarda ambulator antibiotiklardan foydalanish va qarshilik darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish uchun tadqiqot o'tkazildi. 2008 yil aprelidan 2009 yil iyunigacha Yevropaning 18 davlatida H.pylori ning birlamchi antibiotiklarga chidamliligi darajasi aniqlangan. 2204 bemordan kattalar uchun H.pylori ga qarshilik darajasi klaritromitsin uchun 17,5%, levofloksatsin uchun 14,1% va metronidazol uchun 34,9% ni tashkil etgan va G'arbiy/Markaziy va Janubiy Evropada (>20%) klaritromitsin va levofloksatsin uchun Shimoliy mamlakatlarga qaraganda talab ancha yuqori edi.