Abstract:
In’eksion preparatlarni ishlab chiqarishda ishchilarning mehnat faoliyati jarayonida lokal va regional xarakterdagi mushak zo‘riqishi, ish jarayoni va moslamalardagi konstruktiv nosozliklar, noqulay mehnat sharoiti bilan birgalikda asab emotsional zo‘riqishining yuqoriligi ish faoliyatida samaradorlikning kamayishiga, tez charchashga, umumiy va kasb kasalliklarning sabablarini kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishchilarning mehnati ish jarayonining keskinligi, uzoq vaqt davomida diqqat-e’tiborni jamlagan holda ishlash bilan asosiy ishning funksional sifatiga bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ko‘plab insonlarning hayotini havf xatarga olib kelishi mumkin. In’eksion preparatlar ishlab chiqarish sexida ishlovchilarni mehnati yuqori keskinligi va jismoniy zo‘riqish bilan ishlash, uzoq vaqt davomida tik oyoqda turib ishlash, gavdani oldinga va yon tomonga bukkan holda egilgan holatda turib mehnat qilishdir.