Abstract:
Aspirin hozirgi dunyoda mavjud dorilarning eng qadimiy, eng keng ishlatiladigan va
eng mashhuri hisoblanadi. Aspirin XX asrning 60-yillaridan beri kardiologiyaning yurak-qon tomir
kasalliklari profilaktikasi uchun eng muhim dorilaridan biri bo„lib kelmoqda. So„nggi vaqtlarda dunyo
bo„ylab aspirindan nafaqat kardiologiya, balki boshqa sohalar, ayniqsa onkologiya sohalarida faol
foydalanish masalalari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shu ishlar ortidan, aspirinning ta‟sir
mexanizmiga oid avvalgi qarashlarga ma‟lum bir o„zgarishlar, yangiliklar kiritilmoqda. Aspirindan
yangi maqsadlarda foydalanish, uning ustida olib borilayotgan ishlarni tushunish uchun uning ta‟sir
mexanizmini tobora chuqurroq bilish talab etilmoqda. Shu sababli, quyida aspirin biologiyasi, ishlash
mexanizmlarini hozirda mavjud ma‟lumotlar asosida ko„rib chiqildi.