Abstract:
Ish eksperimental material ustifda olib borilgan. Qandli diabetning eksperimental modeli 78 oq tanli erkak kalamushlarda 1 kg tana vazniga 150 va 250 mg alloksan tetrahidratni qorin bo'shlig'iga yuborish orqali olingan. Tajriba uchun vazni 250-300 gr bo'lgan sog'lom erkak kalamushlar tanlab olingan. Qandli diabet bilan kasallangan kalamushlar qonining biokimyoviy ko'rsatkichlari glikozirlangan Hb, holeaterin, past va yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning ko'payishi bilan tavsiflanadi.