Abstract:
Semizlik- hozirgi kunda eng muhim tibbiy- ijtimoiy muommaga
aylangan bo‘lib, butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda
1975 yildan boshlab 2016 yilgacha semizlik bilan kasallangan bemorlar soni 3
barobarga oshgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra ortiqcha
vazn va semizlik bilan muammolari bo‘lgan insonlarning 44-57% ida qandli diabet
(II-tip), 17-23% yurak ishemik kasalligi, 17% arterial gipertenziya, 30% o‘t-tosh
kasalligi, 14 % osteoartrit, 11% ida xavfli o‘smalar kelib chiqish xavfi yotadi.
Semizlik kelib chiqishida sabab bo‘luvchi etiologik faktorlarga ovqatlanish ratsionini
buzilishi, gipodinamiya, zararli odatlar (alkogalizm, nikotin saqlovchi moddalar
chekish), stress kabi omillar kiradi.