Abstract:
Semizlik- hozirgi kunda eng muhim tibbiy- ijtimoiy muammoga aylangan
bo‘lib, Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 1975 yildan
boshlab 2016 yilgacha semizlik bilan kasallangan 18 yoshdan katta bo‘lgan bemorlar
soni 3 barobarga oshgan bo‘lib, bu 1.9 mlrni tashkil etmoqda. Buning natijasida
semizlik sababli kelib chiqadigan kasalliklarning ham sonini oshishiga sabab b o‘ldi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik
bilan muammolari bo‘lgan insonlarning 44-57% ida Qandli diabet (II-tip), 17-23%
Yurak ishemik kasaligi, 17% arterial gipertenziya, 30% o‘t-tosh kasaligi, 14 %
osteoartrit, 11% ida xavfli o‘smalar kelib chiqish xavfi yotadi. Bularni hammasi
insonlarning hayot sifati buzilishi va erta mehnat qobiliyatidan ayrilishiga olib keladi.
Shunday xavfli oqibatlar asosida Semizlik hozirgi kunda sog‘liqni saqlash va
Ijtimoiy sohadagi eng muhim muammolardan biriga aylangan