Abstract:
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2021 yilgi tuberkulez kasalligi bo‘yicha global hisobotiga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab kasallikka qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni jiddiy ravishda buzdi, tuberkulez kasalligidan o‘lim darajasi o‘n yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta oshdi. (JSST malimoti, 2021.). Bu birinchi navbatda, tuberkulezga qarshi xizmatlarga nisbatan mavjud resurslarning qisqarishi bilan bog‘liq. JSST ma’lumotiga ko‘ra pandemiya davrida ko‘pgina mamlakatlarda inson, moliyaviy va boshqa resurslar tuberkulez kasalligini davolashdan Covid-19 kasaligiga o‘tdi va bu TB ga qarshi muhim xizmatlardan foydalanish imkoniyatini chekladi.