Abstract:
Tuberkulyoz kasalligi jiddiy yuqumli kasallikdir. Tuberkulyoz kasalligi bilan kasallanish ko‘pincha kasal odamdan so’lom odamlarga yuqish yoli bilan sodir boladi. Ayniqsa, bolalar tuberkulyoz kasalligiga moyildir. Bola qanchalik yosh bolsa, bu kasallik shunchalik og‘irroq kechadi. Organizmdagi gormonal o‘zgarishlar davrida, o‘smirlarda, tuberkulyoz kasalligiga moyillik ham ortadi. Statistik malumotlarga ko‘ra, tuberkulyozning yangi aniqlangan faol shakllari bilan kasallanish avvalgi yilgi ko‘ratgichga qaraganda kamaygan. Kasallik darajasining pasayishiga qaramay, epidemiologik ahamiyatga ega kasb egalari, maktabgacha talim muassasalari o‘quvchilari, maktab o‘quvchilari, o‘rta va oliy kasb-hunar talimi muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasida tuberkulyoz kasalligi bilan kasallanish holatlari qayd etilishi davom etmoqda.