Abstract:
Buyrak odam organizmidagi siydik hosil qiluvchi,
moddalar almashinuvini boshqaruvchi, suv va tuz
miqdorini me’yorida saqlanishini ta’minlovchi va kislota-ishqor balansini saqlovchi organ hisoblanadi. Uning
funksiyasining turli omillar ta’sirida buzilishi nefrologik
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday kasalliklardan
keng tarqalgani buyrak yetishmovchiligi kasalligidir.
Butun dunyoda ushbu kasallikdan 750 mlndan ko‘proq
odam aziyat chekadi va yiliga bir milliondan ko‘proq
odam vafot etadi. O’zbekistonda esa 3 mingga yaqin bemor buyrak yetishmovchiligi tufayli gemodializga ehtiyoj sezadi [3]. Hozirda bunday odamlar gemodializ jarayonidan o‘tish uchun haftasiga 3 marta shifoxonaga
borishlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli 2018 yil 12 iyul da “O’zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya
va gemodializ yordami ko’rsatish samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qa roriga muvofiq, 30 oktabrda “O’zbekiston gemodializ
jamiyati” tashkil etildi. Bundan tashqari Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi
ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “nefrologiya, gemodializ
va buyrak transplantatsiyasi” kafedrasi tashkil qilindi.