Abstract:
2019-yilda aniqlangan yangi koronavirus kasalligi 3 yildan buyon vaqt davomida
butun dunyo bo'ylab tarqalib, bu infeksiyasiyaning yuqish va o'lim xavfi
yuqoriligicha qolmoqda. COVID-19 bilan kasallanganlarda turli organlar va
tizimlarga ta'sir qiladigan, dastlabki tiklanishdan keyin bir necha haftadan bir
necha oygacha davom etadigan turli oqibatlar va asoratlar rivojlanishi mumkin.
COVID-19 dan tuzalgan odamlarda turli oqibatlar va asoratlar nafaqat kattalar va
qarilarda, balki yoshlarda ham paydo bo'lishi mumkin. COVID-19 kasalligining
o'tkir davrida ham, bemorlarning qisqa va uzoq muddatli kuzatuv davrida ham
bemorlarda individual nevrologik simptomlar, sindromlar kuzatiladi.