Abstract:
Polinarkomaniyada bemorlarni davolashning o'ziga xos hususiyati bu dori terapiyasi uchun dori tanlashda o'ta selektivlikdir. Bu holat giyohvandlik amaliyotida shifokorlarga yaxshi ma'lum va terapevtik amaliyotni takomillashtirishni taqozo etadi (1; 55-60, 2; 26-33-betlar). Affektiv buzilishli ayrim bemorlarda abstinentsiyadan chiqish davrida sezilarli darajada apatiya, kuchli holsizlik va hatti-xarakatlar sekinlashuvi kuzatiladi va bu o’z navbatida ijtimoiy adaptatsiyani qiyinlashtiradi. Bu holat polinarkomaniya bilan og'rigan bemorlarning retsidivga qarshi kompleks terapiyasida stimullovchi ta’sirga ega nootroplarni qo’llashni taqazo etadi. Affekt buzilish bilan kechuvchi polinarkomaniyaga chalingan 93 ta bemorning 47 tasida affekt patologiyaning asteno-apatik variyanti aniqlangan. Bunday hollarda, davolanish paytida, faollashtiruvchi ta'sirga ega dorilar qo'shilishidan yaxshi natija kutishimiz mumkin. Kortexin preparatini faol qo'llash paytida bemorlarda nafaqat intellektual-mnestik funksiyalarni, balki asteno-apatik kasalliklarni davolashga nisbatan ham uning samaradorligi to'g'risida ishonchli natijalarga erishildi