Abstract:
So‘nggi yillarda jigar kasalliklari erta nogironlik va aholi o‘limining asosiy sabablari
orasida muhim o‘rin tutadi. Har yili dunyoning 1 milliondan ortiq aholisi jigar kasalliklari bilan kasallanadi Virusli gepatit sababli o‘lim yildan-yilga ortib bormoqda. JSSTning 2015-yil ma’lumotlariga ko‘ra virusli gepatit kasalligi 1,34 million dunyo aholisining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ulardan 720 000 nafari jigarning surunkali kasalliklari-jigar sirrozi va rakdan, 470 000 nafari esa gepatotsellyulyar karsinoma sababli olamdan o‘tgan (JSST, 2015y). Ushbu maqolada dunyo miqyosida Gepatit B va D kasalliklari bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar o‘rganilib, ularning bir-biridan avzallik tomonlari kengroq yoritib berilgan.