Abstract:
Antibiotiklarga chidamlilik bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotimiz natijalariga ko’ra ma’lum bo’ldiki, osteomielit kasalliklarida ajratib olingan bakteriyalar shtammlarini antibiotiklarga sezgirligini o‘rganish, kasalliklarning asosiy ratsional davolashda muhim ahamiyat kasb etib, antibiotiklarni samarali qo‘llashda asosiy omil hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar haqida olingan ma’lumot va ularni antibiotiklarga sezgirligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish va davolashda qo‘llash, bemorlarni statsionarda davolanishini qisqartirishdan tashqari, kasalliklarni surunkali shakllarga o‘tishini ham oldini oladi. Shunday qilib, surunkali osteomielitni davolashda tanlov dori vositalari bo’lib levofloksatsin, Sefaperazon+sulbaktam, tetrotsiklin va augmatin hisoblanadi