Abstract:
Bugungi kunda jahonda polimer-metall komplekslarning yangi turlari sintez qilinmoqda va
ular xalq xoʻjaligining turli sohalarida, jumladan, organik sintezda, gidrometallurgiyada,
polimerlarni choklashda, oqova suvlarini tozalashda qoʻllaniladi. Ayniqsa, xelat hosil qiluvchi
polidentant amino, kraunefirlari, karboksil fosfat guruhlarini saqlovchi polimerlar asosida bir qator
polimer-metall komplekslar keng miqѐsda qo‘llanilib kelinmoqda. Polimer-metall komplekslarini
olish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirishda tarkibida oltingugurt, azot, kislorod va fosfor donor
atomlarini saqlagan texnologik eritmalardan turli metall ionlarini ajratuvchi va oqova suvlarini
zararli moddalardan tozalovchi polimer kompleksonlarni sintez qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: poliakrilonitril, sorbent, xelat, polimer, etilendiamin, katalizator, sintez.