Abstract:
Akne dunyodagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Akne patogenezining mexanizmlaridan biri, zararlangan o‘choqda yallig‘lanishni faollashishidir. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir kechuvchi aknedagi yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasini o‘rganish. Materiallar va usullar: biz IFA usulida og‘ir kechuvchi akne bilan
og‘rigan 34 bemorlarda yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasini o‘rgandik. Tadqiqot natijalari:
Shuni takidlash lozimki yallig‘lanish sitokinlarining individual ko‘rsatkichi IL-1β o‘zgarishlariga qaraganda kamroq
aniqlandi. YAllig‘lanish sitokinlari (IFNγ i IL-1β ) o‘sishi yallig‘lanish darajasini aks ettiradi, o‘tkir fazali oqsillarning sekretsiyasini rag‘batlantiradi. Xulosa: natijalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, yallig‘lanish sitokinlar akne immunopatogenezida ishtirok etadi- va immunitet jarayonlarini tartibga solishga hissa qo‘shadigan yallig‘lanishga qarshi taʼsir tizimli faollashuvning shakllanishiga va oxir-oqibat surunkali yallig‘lanishning rivojlanishiga olib keladi