Abstract:
Ushbu Kasbiy pedagogika – darsligi 5111000- Professional ta’lim (5510100 –
Davolash ishi) yo’nalishi III-kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib berilgan
talablarga to’liq javob beradi, kasbiy pedagogika shaxsda kasbga doir bilim,
ko’nikma, malakalarni shuningdek, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini
boyitishga xizmat qiladi. Ushbu darslikda kasbiy pedagogika fanining o’rganuvchi
asosiy muammosi, predmeti, maqsadi va vazifalari vatadqiqot metodlari va kasb
pedagogikasining rivojlanishi, kasbiy ta’lim mazmuni, usullari, innovatsion va
zamonaviy ta’lim usullari, kasbiy ta’limda tarbiyaviy ishlar mohiyati, kasbiy motiv
va motivatsiya, tibbiy ta’limda pedagoglarning xususiyatlari va shunga doir ilmiy
nazariy ma’lumotlar keltirilgan.