Abstract:
Qomatning buzilishi – bu, umurtqa pog‘onasi fiziologik egriliklarining har hil shakldagi buzilishidir. Bunday patologik o‘zgarishlar – skolioz, kifoz va lordoz deb nomlanadi. Umurtqa pog‘onasining qiyshiqlik holatiga olib keluvchi sabablardan – bu, tug‘ma anomaliyalar, bo‘yin va orqamiya shikastlanishlari, ba‘zi yuqumli kasalliklar, umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlarining surunkali yallig‘lanishi, ko‘p uchraydigan kasalliklardan – raxit, yasioyoqlik, cha-noq-son displaziyasi yoki eng ko‘p uchraydigan sabablardan, bu – uzoq muddat o‘tirgan holda, tananing noto‘g‘ri joylashuvidir. Qomat buzilishining boshlanishi, asosan bog‘cha va maktab yoshida kuzatiladi. Hozirgi kunda, ko‘pchi-lik ota-onalar o‘z farzandlari yoshiga mutanosib bo‘lmagan stol va stul jihozlarini harid qilayotganlari kuzatilgan. Bunday holatlar o‘z navbatida, yillar davomida har hil patologik o‘zgarishlarga, keyinchalik esa kasalliklarga olib kelishi aniqlangan.