Abstract:
Maqsad: suv ta’minoti tizimlarini tashkil etishning sanitariya-gigiyena va ekologik sharoitlarini o‘rganish va Farg‘ona shahri misolida Farg‘ona viloyati aholisini maishiy va ichimlik suvi bilan ta’minlash sharoitlarini yax¬shilash bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish. Material va usullar: Farg’ona shahri aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv ta’minoti manbalari va tizimlari tadqiqot ob’ekti bo’ldi. Maqsadga erishish uchun tasdiqlangan san¬itariya-gigiyena usullari, epidemiologik va ilmiy tahlillar qo’llanildi. Natijalar: olingan natijalar shuni ko’rsatdiki, Farg’ona viloyatining ayrim hududlarida mineralizatsiya tuzlari kontsentratsiyasi manbalar suvida ham, ichimlik su¬vining o’zida ham ortadi. Farg’ona shahrida suv ta’minoti manbai kimyoviy tarkibi bo’yicha O'zDst 951:2011 talablar¬iga javob beradi. Xulosa: suv ta’minoti tashkilotlariga birinchi navbatda suv orqali yuqadigan infektsiyalarning paydo bo’lishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan bir qator majburiy profilaktika choralari taklif etiladi.