Abstract:
Elektrokardiogramma yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini tashxislash va davolashda eng ko‘p ishlatiladigan va keng tarqalgan tadqiqot usuli
bo‘lib, bu masofadan tahlil qilish va elektrokardiogramma namunalarini uzatish usullari uchun turli xil variantlarni yaratishga imkon beradi.
Bemorning funksional holatini simsiz diagnostika qilish va kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashni ta’minlash uchun yurak-qon tomir
tizimining (YUQTT) asosiy fiziologik parametrlarini masofadan nazorat qilish uchun apparat-dasturiy majmuani yaratish metodologiyasi va usuli,
shuningdek uning xususiyatlarini tarkibiy tashkil etish taklif etiladi. Apparat-dasturiy majmuaning umumiy tuzilishi, diagnostik axborotlarning
o‘tishi, uning imkoniyatlari va afzalliklari ishlab chiqilgan. Majmua biologik parametrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muammosini bemorning
faoliyatiga sezilarli aralashuvisiz hal qiladi, bu uning odatdagi sharoitlarini yozib olishga imkon beradi. Masofaviy ma’lumotlarni yig‘ish,
shuningdek tibbiyot xodimlarining ishini osonlashtiradi, bemorlar bilan aloqalar sonini kamaytiradi va bemorlarning psixologik holatini
yaxshilaydi