Abstract:
So'nggi yillarda reproduktiv yoshdagi ayollarda, ayniqsa homiladorlik davrida kasallanishning ortishi tashvishga solmoqda, chunki bu ona hamda bolada turli xil og'ir asoratlarning ko'payishiga olib keladi. Material va usul. So'nggi 5 yil ichida adabiyot va maqolalarda homilador ayollarda trombotsiopeniyalar tahlil qilindi, ularning aniqlanish chastotasi va muammoning umumiy holati o'rganildi. Maqsad. Homilador ayollarda trombotsitlar gemostazining patologiyasini aniqlanish chastotasi va muammoning umumiy holatini o'rganish. Xulosa. So'nggi yillarda ushbu ijtimoiy ahamiyatga ega muammoni hal qilish uchun gematologlar va akusher-ginekologlarning birgalikdagi ishlarida ma'lum yutuqlarni kuzatish mumkin