Abstract:
Fanga ma’lumki 2019-yilning ohiriga kelib Xitoyning Vuhan (Wuhan) viloyatida birinchi bor og‘ir respirator sindrom bilan kuzatiluvchi (SARS-CoV-2) yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Shundan so‘ng virus dunyo bo‘ylab tezda tarqala boshladi va PANDIMIYAga sabab bo‘ldi. Pandemiyaga sababchi bo‘lgan virus etiologiyali bu kasallik asosan havo-tomchi mexanizmi orqali tarqalishi shu oilaga kiruvchi va o‘tgan davrda o‘choqli tarzda tarqalgan SARS-CoV-1 va MERS-CoV viruslariga o‘xshash ekanligi fanga ma’lum edi [3,4,10], ammo patogenitik va epidemiologik xususiyatlari va inson organizmining virusga nisbatan javob reaksiyalari (ing. - immune response) borasida aytarlik aniq ma’lumotlar yetarli darajada mavjud emas edi. Natijada virusning nafaqat aholi salomatligiga ta’sirini o‘rganish, balkim kasalxona ishchilariga ta’sirini o‘rganish, COVID-19 bilan tibbiyot xodimlarining kasallanish xavf omillarini o‘rganish dolzarb masalalar sifatida a’yon bo‘la boshladi