Abstract:
So‘nggi bir necha o‘n yilliklar ichida
butun dunyoda teletibbiyot keskin o‘sdi va sog‘liqni
saqlashning hozirgi tendensiyalari kelajakda bu o‘sishga
hissa qo‘shmoqda. Shu sababli, tibbiyot maktablari tibbiy
yordam sifatini yaxshilash, bemorlarga ommaboplikni
kengaytirish va sog‘liqni saqlash xarajatlarini
kamaytirish uchun telemeditsina texnologiyalaridan
yanada samarali foydalanishlari uchun kelajakdagi
shifokorlarning oliy tibbiy taʼlimiga teletibbiyot
vakolatlarini kiritishni o‘rganmoqdalar. Ushbu
maqolada dunyoda, shu jumladan, Amerika Qo‘shma
Shtatlari (AQSH) misolida va O‘zbekistonda oliy taʼlim
muassasalarining bakalavriat tibbiy taʼlimida teletibbiyotga tayyorlash sohasida qilinayotgan maʼlumotlarni
tavsiflash va tizimlashtirish bo‘yicha saʼy-harakatlari
ko‘rsatilgan. Mamlakatda tibbiy yordamga ehtiyojning
oshishi va uzoq masofada joylashgan xududlarda tibbiyot xodimlari ishchi kuchining yetishmasligi, birlamchi
tibbiy yordam va mutaxassis shifokorlarning notekis
taqsimlanishi, shuningdek, o‘sib borayotgan darajada
yuqori milliy sog‘liqni saqlash xarajatlari - bularning
barchasi teletibbiyot korxonalarini rivojlanishiga ehtiyojni rag‘batlantiradi. Teletibbiyot O‘zbekiston sog‘liqni
saqlash tizimida tobora muhim ahamiyat kasb etar ekan,
uni kelajakdagi shifokorlarni tayyorlashga kiritish ham
tobora zarur va muhim ahamiyatlidir