Abstract:
COVID 19 bilan kasallangan bemorlarning qon zardobida oqsillar miqdori ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, albumin miqdorining statistik miqdorda kamayishi va globulinlar miqdorining ko’tarilishi ayniqsa 50-69 yosh orasidagi erkak jinsiga mansub bemorlarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu esa ushbu yosh orasidagi insonlarda jigarda oqsillar sintezi jarayonini pasayishi va periferik to‘qimalarda oqsillar katabolizmining kuchayishi bilan bog‘liqdir.