Abstract:
Laboratoriya diagnostikasi aholi salomatligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Laboratoriyada davolash ishlari olib borilmaydi, ammo u shifokor va bemorga davolanish bo'yicha to'g'ri qaror qabul qilishga, uning samaradorligini baholashga va ko'p hollarda kasallik rivojlanishining dastlabki bosqichlarida patologiyani aniqlash orqali kasallikning boshlanishini oldini olishga yordam beradigan diagnostik ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin.