Abstract:
Laboratoriya ishi klinik laborator diagnostikaning uzviy ajralmas
qismi bo‘lib, klinik tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini nazorat
qilishga yordam beradi. “Laboratoriya ishi” o‘quv qo‘llanmasida hujayralar rivojlanishi, ularning faoliyati, morfologik tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida
zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda qon klinik tahlili,
eritrositlar, gemoglobin, leykositlar, anemiyalar va leykozlar to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda buyrak kasalliklari laborator
diagnostikasi, peshob tahlili, buyrak faoliyatini tekshirish usullari
to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Uchinchi bobda jigar kasalliklari
laborator diagnostikasi, bioximik qon analizi, 4-bobda yurak va
biriktiruvchi to‘qima kasalliklari laborator diagnostikasi, 5-bobda esa
qon ivish tizimi, gemostaz to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.
Shu bilan birga har bir bobda analitik qism bo‘lib, unda
mashg‘ulotda foydalanadigan pedagogik texnologiya, vaziyatli
masalalar, testlar, grafik organayzer, amaliy qism va nazorat savollari
berilgan.
“Laboratoriya ishi” o‘quv qo‘llanmasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari
“Laboratoriya ishi” yo‘nalishi magistratura va klinik ordinatura
talabalari va “Klinik laborator diagnostika” ixtisoslashtirish kurslari
kursantlari, umumiy klinik laboratoriya xodimlari uchun mo‘ljallangan.