Abstract:
Bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordamni takomillashtirish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish negizida turli yosh guruhidagi bolalar kasallanishini o‘rganish va tahlil qilish va shular asosida bolalar salomatligini saqlash va muhofaza qilishga qaratilgan choralar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi. Tadqiqotda maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanishlarini chuqur tahlil qilindi, sabablarini o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, Andijon shahar yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanishi yoshga bog‘liq bo‘lib, yosh orta borishi bilan kasallanish darajasi kamayishi qayd etildi. Kasallanishlar strukturasida barcha yoshda nafas olish a’zolari kasalliklari yetakchilik qiladi. Andijon viloyati shahar va qishloqlarida 7 yoshgacha bolalar kasallanishlarini murojaatlar asosida o‘rganish shu xududga xos bolalar kasallanish xususiyatlarini ochib bergan bo‘lsa, tibbiy ko‘riklarni tashkil etish va o‘tkazish oldin aniqlanmagan, klinik belgilarsiz kechuvchi, davolash - profilaktika muassasalarida ro‘yxatga olinmagan, yangi surunkali kasalliklarni aniqlash imkonini berdi.