Abstract:
Davolovchi jismoniy mashqlar - bu turli kasalliklarni jismoniy madaniyat vositalari bilan davolash va oldini olishdir. Bu tibbiyotning mustaqil yo„nalishi bo„lib, u jismoniy madaniyat vositalarini ko„plab kasalliklar va shikastlanishlarni xurujini oldini olish va davolash hamda mehnat qobiliyatini tiklash uchun qo„llaydi. Davolashning boshqa usullariga nisbatan solishtirilganda jismoniy madaniyat bilan davolashning o„ziga xosligi shundaki, u asosiy davolovchi vosita sifatida insonlar organizmi hayotiy funksiyalarini sezilarli stimulyatori bo„lib hisoblangan jismoniy mashqlardan foydalanadi