Abstract:
“Sitologik tashxis asoslari” o‟quv - uslubiy qo‟llanmasida hujayralar rivojlanishi, ularning faoliyati, morfologik tuzilishi va xususiyatlari to‟g‟risida zamonaviy ma‟lumotlar keltirilgan. Birinchi bobda sitologik tekshirishlarning profilaktik va diagnostik tibbiyotdagi ahamiyati, sitologik material bilan ishlashda texnika xavfsizligi, sitologik tekshirish turlari, sitologik tekshirish uchun material olish qoidalari, sitologik materialni tayyorlash, hujayra struktur komponentlari, epitelial to‟qima sitomorfologiyasi to‟grisida ma‟lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bob taxliliy qism bo‟lib, unda testlar, situation masalalar va ilova keltirilgan.