Abstract:
Ushbu maqolada bolalar qorin bo‘shlig‘ida juda kam uchraydigan katta charvini
buralishi bilan 12 nafar bemor bolalarni davolash va diagnostika tahlillari keltirilgan.
Bulardan 8 nafarida birlamchi charvi buralishi uchragan bo‘lsa, 4 nafarida esa ikkilamchi
charvi buralishi aniqlangan. 12 nafar bemor bolalarda endovideolaparoskopik usulida charvi
rezeksiyasi bajarilgan bo‘lib, shulardan 1 nafarida qo‘shimcha appendektomiya amaliyoti
bajarildi. Katta charvini kistasi bilan 1 nafar bemorda videolaparoskopik rezeksiyasi
bajarildi. Qorin bo‘shlig‘i travmasi bilan tushgan bemorda yuqori o‘rta laparotomiya
amaliyoti bajarilib, konversiyaga o‘tildi.