Abstract:
Maqolada qorin parda bitishma kasalligi bilan og‘rigan bemor bolalarni
kompleks davolash tajribasi keltirilgan. 2012-2022 yillar mobaynida qorin pardaning
bitishma kasalligi fonida yaqqol og‘riq sindromi bilan kelgan 75 nafar bemor
bolalarda operatsiya amaliyoti bajarilgan. Bulardan 28 nafarida yaqqol qorin
pardaning bitishma kasalligi bo‘lib, ularda to‘liq videoendolaparoskopik adgeziolizis
jarrohlik amaliyotini bajarish yengillashtirish maqsadida operatsiyadan oldin qorin
bo‘shlig‘iga markazda yaratilgan fibrinolitik aralashmani yuborildi; (fibrinolitik
aralashma tarkibi: geparin 10000 ED+ fibrinolizin 20000 ED+ gidrokortizon 125mg+
gentamitsin 80mg+ novokain 0,25%-200ml), va sxema bilan davo muolajalari olib
borilgan. Operatsiyadan keyin asoratlar va ularni qaytalanishi kuzatilmagan.
Endovideolaparoskopik texnologiyalarni qo‘llab, jarrohlik amaliyoti bajarilgan
barcha bemorlar barvaqt aktivlashtirilgan va o‘rta hisobda 3,7 kun statsionar
davolanishda bo‘lishgan.