DSpace Repository

Ayollаrdа bаchаdon ortiqlаri pаtologiyasi bilаn bogʼliq bepushtlikni tаshxislаsh vа dаvolаshdа lаpаroskopiyaning oʼrni

Show simple item record

dc.contributor.author Burxonova S. B., Solieva Z.F., Sharipova Sh.O., Gafurova Ye.O.
dc.date.accessioned 2023-02-19T16:51:29Z
dc.date.available 2023-02-19T16:51:29Z
dc.date.issued 2023-02-18
dc.identifier.uri http://repository.tma.uz/xmlui/handle/1/6370
dc.description.abstract Аyollarning bepushtligi sabablari tarkibida bachadon ortiqlari patologiyalari yetakchi oʼrinni egallaydi. Bepusht ayollarni tashxislash va davolashda reproduktiv jarrohlikning roli beqiyos. Tadqiqot maqsadi ayollarda bachadon ortiqlari patologiyasi bilan bogʼliq bepushtlikni tashxislash va davolashda laparoskopiya oʼrni va samaradorligini baholashdan iborat.Materiallar. Tadqiqotda bachadon ortiqlari patologiyasi boʼlgan 100 ta ayol ishtirok etdi. Ularning 30 nafari tuxumdon follikulyar kistasi boʼlgan ayollar (1-guruh), 30 nafari bachadon naylarining ampulyar qismi okklyuziyasi mavjud ayollar (2-guruh), 20 nafari tuxumdonlar polikisoz sindromi boʼlgan ayollar (3-guruh) va taqqoslash guruxini 20 nafar oʼxshash patologiyaga ega ammo jarroxlik amaliyoti oʼtkazilmagan ayollar tashkil qildi. Barcha bemorlar klinik-laborator, gormonal, ultratovush va xromotubatsiya tadqiqotlar oʼtkazdilar. Laparoskopik jarrohlik "Karl Shtorz " endoskopik uskunasi yordamida amalga oshirildi. Natijalar. Laparoskopik jarrohlik paytida 80 ta bemorga bachadon ortiqlarining turli patologiyalari, xususan, 30 bemorda tuxumdon follikulyar kistasi, 30 bemorda bachadon naylarining ampulyar qismini okklyuziyasi, 20 bemorda tuxumdonlar polikistoz sindromi tashxisi qoʼyilgan. Ushbu bachadon ortiqlari patologiyalari aniqlangan ayollarda, ular laparoskopik jarrohlik yoʼli bilan bartaraf etildi. Xulosa. Bachadon ortiqlari patologiyalari bilan bogʼliq bepusht ayollarda laparoskopiyadan foydalanish ushbu patologiyalarni nafaqat tashxislash balki ularni jarrohlik yoʼli bilan bartaraf etish imkonini beradi, bu oʼz navbatida ushbu bemorlarda homiladorlik salmogʼini 2,1 baravarga oshishiga, va 84,3%da reproduktiv funktsiya- sini tiklanishiga olib keladi. en_US
dc.language.iso en en_US
dc.publisher Ташкент, Узбекистан en_US
dc.subject bepushtlik, bachadon ortiqlari patologiyalari, laparoskopiya en_US
dc.title Ayollаrdа bаchаdon ortiqlаri pаtologiyasi bilаn bogʼliq bepushtlikni tаshxislаsh vа dаvolаshdа lаpаroskopiyaning oʼrni en_US
dc.type Article en_US


Files in this item

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record

Search DSpace


Advanced Search

Browse

My Account