Abstract:
Аyollarning bepushtligi sabablari tarkibida bachadon ortiqlari patologiyalari yetakchi
oʼrinni egallaydi. Bepusht ayollarni tashxislash va davolashda reproduktiv jarrohlikning roli beqiyos. Tadqiqot maqsadi ayollarda bachadon ortiqlari patologiyasi bilan bogʼliq bepushtlikni tashxislash va davolashda laparoskopiya oʼrni va samaradorligini baholashdan iborat.Materiallar. Tadqiqotda bachadon ortiqlari
patologiyasi boʼlgan 100 ta ayol ishtirok etdi. Ularning 30 nafari tuxumdon follikulyar kistasi boʼlgan ayollar (1-guruh), 30 nafari bachadon naylarining ampulyar qismi
okklyuziyasi mavjud ayollar (2-guruh), 20 nafari tuxumdonlar polikisoz sindromi boʼlgan ayollar (3-guruh) va taqqoslash guruxini 20 nafar oʼxshash
patologiyaga ega ammo jarroxlik amaliyoti oʼtkazilmagan ayollar tashkil qildi. Barcha bemorlar klinik-laborator, gormonal, ultratovush va xromotubatsiya
tadqiqotlar oʼtkazdilar. Laparoskopik jarrohlik "Karl Shtorz " endoskopik uskunasi yordamida amalga oshirildi.
Natijalar. Laparoskopik jarrohlik paytida 80 ta bemorga bachadon ortiqlarining turli patologiyalari, xususan, 30 bemorda tuxumdon follikulyar kistasi, 30 bemorda bachadon naylarining ampulyar qismini okklyuziyasi, 20 bemorda tuxumdonlar polikistoz sindromi tashxisi qoʼyilgan. Ushbu bachadon ortiqlari
patologiyalari aniqlangan ayollarda, ular laparoskopik jarrohlik yoʼli bilan bartaraf etildi.
Xulosa. Bachadon ortiqlari patologiyalari bilan bogʼliq bepusht ayollarda laparoskopiyadan foydalanish ushbu patologiyalarni nafaqat tashxislash balki ularni
jarrohlik yoʼli bilan bartaraf etish imkonini beradi, bu oʼz navbatida ushbu bemorlarda homiladorlik salmogʼini 2,1 baravarga oshishiga, va 84,3%da reproduktiv funktsiya-
sini tiklanishiga olib keladi.