Abstract:
Vitagen pedagogika – o‘quvchilarning hayotiy tajribasidan foydalanishga asoslangan pedagogika. Vitagen ta‘lim – o‘qituvchilar va o‘quvchilar ortasida haqiqiy hamkorlik o‘rnatilishiga, ta‘lim olish va mustaqil o‘qishning qo‘shilishiga, sub’ekt-ob’ekt munosabatning sub‘ekt-sub‘ekt aloqaga aylanishiga qaratilgan amaliy yo‗l. Hayotiy (vitagen) tajriba – shaxs mulkiga aylangan, uzoq muddatli xotira zahiralarida saqlanadigan, adekvat vaziyatlarda (talab etilganda) dolzarb bo‘la oladigan vitagen ma’lumot. Vitagen tajriba inson tomonidan boshidan o‘tkazgan, idrok xotirasi, hissiy xotira va xulqiy xotira bilan bog‘liq va uning uchun yetarlicha qiymatga ega bo‘lgan fikrlar, tuyg‘ular, harakatlar qotishmasi.