Abstract:
Dolzarbligi: anovulyator bepushtlik mavjud reproduktiv yoshdagi ayollarda ovulyatsiyasiyani stimullashda klomifen tsitrat saqlovchi preparat samaradorligini baholash. Materiallar. Tadqiqotga 70 nafar anovulyator bepushtlik mavjud turli reproduktiv yoshdagi ayollar kiritildi, ulardan, 1- gruxni 30 nafar erta reproduktiv
yoshdagi ayollar, II -guruxga 20 nafar kech reproduktiv yoshdagi ayollar tashkil etdi. Nazorat guruxini - 20 nafar ovulyatsiyani stimullashdan bosh tortgan reproduktiv
yoshdagi ayollar tashkil etdi. Barcha ayollarga ovulyatsiyani stimullash maqsadida klomifen tsitrat saqlovchi preparati berildi. Barcha ayollarda tuxumdonlarda anovulyatsiya jarayonini tashxislashda gormonal va ultratovush tekshiruvlari amalaga oshirildi. Natijalar. I-guruxda 23 (76,7%) nafar ayollarda ovulyatsiya sodir bo‘lishiga erishildi. Ulardan 2 (8,6%) nafarida ovulyatsiya klomifen sitrat saqlovchi dorining
dozasi 100mg.gacha oshirilganda, 5(21,7%) nafarida esa 150mg miqdorda berilganda sodir bo‘ldi. Ushbu guruxning 20 (87,0%) nafar ayolida homiladorlik sodir
bo‘ldi. II- guruxda 13 (65,0%) nafar ayollarda ovulyatsiya sodir bo‘lishiga erishildi. Ulardan 3 (23.0%) nafarida ovulyatsiya klomifen sitrat saqlovchi dorining
dozasi 100mg.gacha oshirilganda, 2(15,3%) nafarida esa 150mg miqdorda berilganda sodir bo‘ldi. Ushbu guruxning 11(55,0%) nafar ayolida homiladorlik sodir
bo‘ldi.Xulosa. Anovulyator bepushtlik mavjud turli reproduktiv yoshdagi ayollarda ovulyatsiyasiyani stimullashda klomifen sitrat saqlovchi preparatini
qo‘llash guruxlarda mos ravishda 76,7% va 65,0%da ovulyatsini sodir bo‘lishiga va guruxlarga mos ravishda 87,0% va 55.0% ayollarda homiladorlik bo‘lishiga olib
keldi.