Abstract:
Yurak qon tomiir kasalliklari bugungi kunda ko'plab kasalliklar orasida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Kardiomegaliya alohida kasallik bo'lmay, ko'pincha yurak qon tomir kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Taqdim etilgan o'quv-uslubiy qo'llanma tibbiyot oliy ta'lim muassasalari 6 kurs talabalari uchun tavsiya etiladi. Qo'llanmada kardiomegaliya sindromi bilan kechuvchi kasalliklar tasnifi, epidemiologiyasi va rivojlanish omillari, tashhislash mezonlari, turli xil kasalliklarda kardiomegaliya sindromining o'ziga xosligi, klinik manzaralari va qiyosiy yondoshuvlar keltirilgan. Shuningdek klinik xolatlar, testlar berilgan. Kardiomegaliyaga olib keluvchi kasalliklarni profilaktikasi va uni asoratlari
rivojlanishini oldini olish yo'nalishlari keltirilgan.