Abstract:
Najas laborator tashxisi diagnostikaning uzviy ajralmas qismi bo’lib, klinik tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini nazorat qilishga yordam beradi.
“Najasning klinik laborator tashxisi, gelmintozlar” o‘quv - uslubiy qo’llanmasi birinchi bobida najas tahlili, najasining fizik va kimyoviy xususiyatlari, najas mikroskopiyasi, gelmintozlar laborator tashxisi, sodda hayvonlar laborator tashxisi to’g’risida zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bob taxliliy qism bo‘lib, unda testlar, vaziyatli masalalar keltirilgan. “Najasning klinik laborator tashxisi” o‘quv - uslubiy qo‘llanmasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari tibbiy-biologiya fakulteti talabalari, magistrlar, klinik ordinatorlar va klinik laboratoriya xodimlari uchun mo’ljallangan.