Abstract:
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma tibbiy oliy o'quv muassasalari davolash fakultetining «5510100» VI kurs va tibbiy-pedagogika fakultetining «5111000» VI kurs talabalari, magistrlar, oilaviy poliklinika va statsionarda faoliyat yurituvchu umumiy amaliyot vrachlarining ishchi o'quv dasturi doirasiga kiradi. O'quvuslubiy qo'llanma perinatal patologiya - tug'ruq travmalariga bag'ishlangan. Qo'llanmada shaxsiy ish tajribasi va ilmiy manbalar tahlili asosida tug'ruq travmalari turlari, ularning rivojlanishiga olib keluvchi sabablar, perinatal xirurgiya tamoyillariga mos keluvchi konservativ va operativ davolash usullari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Tug'ruq travmalari yuzaga kelishini tushuntiruvchi bosh miya va kalla suyagining anatomik xususiyatlari to'g'risidagi zamonaviy bilimiar
bayon qilingan.