Abstract:
Homilador ayollarda bachadon bo’yni patologiyalarining ko’p uchrashi bachadon bo'yni kasalliklari diagnostikasini optimallashtirishni talab etadi. Bu esa ushbu xastaliklarni tashxislashning maqbul va ishonchli usullarini tanlash zarurati bilan bog'liq. Qin va bachadon bo’yni ajralmalari tekshirilgnda ikkala guruhda ham deyarli bir xilda nospesifik vaginit, genital kandidoz, bakterial vaginozga xos bo'lgan mikrob florasining patologik turlari qayd etildi. Homilador ayolni kuzatish jarayonida kolposkopiya, sitologik tekshiruv, PSR diagnostikasi va ultratovush tekshiruvidan foydalanishni o’z ichiga olgan holda, bachadon bo'yni holatini har tomonlama dinamik monitoring qilish kerak