Abstract:
Xromosoma kasalliklariga chalingan homilani ona qornida aniqlashda
ishlatiladigan testlarning samaradorligi yuqori bo`lgan turini aniqlash. Tadqiqot material vа
metodlari: Shayxontohur tumani, Ko`kcha Darvoza 42-uy, “Genotexnologiya” nomli
laboratoriyaga amniyosentez testini topshirgan 45 nafar bemorning test natijalari o`rganildi.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ko`p Tarmoqli Klinikasi 14 – o`quv binosida amniyosentez
usulining boshqa usullari ( FISH ) haqida ma`lumot to`pladik. Natijalar tahlili va muhokamasi:
45 nafar bemorda amniyosentez usuli juda aniq tashxis qo`ydi. Natijalar tahlilida 45 nafar
onalardan (16-21 haftalik homilador, o`rtacha yoshi 35,3 ) 10 nafari ona qoni orqali test
topshirib sog`lom natija olgan bo`lsada Edvards sindromi bilan kasallangan farzand tug`ilgan.
20 nafar ona esa 3 marta qon topshirgan har safar to`liq ma`lumot berilmagan. Qolgan 15 nafar
onalarda esa noto`g`ri abort uchragan ya`ni homila sog`lom bo`lsada abort qilingan yoki
sog`lomligi to`g`risida ma`lumot berilgan lekin Daun sindromi bilan dunyoga kelgan.
Keyinchalik bu homilador onalar amniyosentez usuliga murojaat qilishgan. Shu 45 nafar
homilador onalarning 3 nafarida Daun sindromi , 2 nafarida Edvards sindromi kuzatildi va
tibbiy abort qildirish yoki bolaning hayotini saqlab qolish oila ixtiyoriga topshirildi. Qolgan
bemorlarda homila sog`lom chiqdi .