Abstract:
Аrterial qon bosimining ko‘tarilishi — bu har bir shifokor duch
keladigan muammo, chunki arterial gipertenziya butun tibbiyotning integral
muammosidir. U birlamchi (gipertoniya kasalligi) va ikkilamchi (simptomatik
gipertoniya) bo`lishi mumkin. Аrterial gipertenziya (АG) — bir necha marta qayd
etiladigan arterial bosimning (АB) ko‘tarilishi. Аgar diastolik АBning o‘rtacha darajasi
85 mm.sim. ustunidan, sistolik АB esa 140 mm. sim. ust.dan yuqori bo‘lsa va bunda
ushbu qiymatlar turli vaqtda tinch xolatda АBni kamida 3 marta o‘lchash natijasida
olingan hamda bemorning АBini ko‘taruvchi yoki tushiruvchi dori vositalari qabul
qilinmagan bo‘lsa arterial gipertenziya (АG) dastlabki diagnozi qo‘yiladi.