Abstract:
Klinik tadqiqotlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan, yoshligidan sog‗lom
o‗sib ulg‗aygan va xamrox kasalliklari bo‗lmagan 60 ta bemor tekshirildi. Engil darajali koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlarining polimorfizmi kuzatilmadi, o‗rta og‗ir darajada 5 ta bemorlarda, og‗ir va o‗ta og‗ir darajada esa 11 ta bemorda trombofiliya genlarining geterozigot polimorfizmi aniqlandi. Trombofiliya genlari polimorfizmi aniqlangan bemorlarda gomotsistein miqdori yuqori ekanligi va kuchli giperkoagulyasion o‗zgarishlar borligi aniqlandi.