Abstract:
Yallig'lanish organizmning turli xil ekzogen va endogen jarohatlovchi omillarga, jumladan bakterial va virusli, parazitar infeksiyalar, hamda allergenlar, fizik va kimyoviy ta'sirotlarga bo'lgan universal reaksiyasidir. Ular ham mahalliy, ham umumiy (keng tarqalgan) o'zgarishlarni yuzaga keltiradilar. Infeksion va noinfeksion tabiatli patologiyalarning ko'p shakllarida yuzaga keluvchi yallig'lanish jarayoni xaddan tashqari keskin bo'lishi mumkin. Bunda a'zo va to'qimalarning funksiyalari buziladi, shunga e'tiboran, etiotrop terapiyadan tashqari (agar mumkin bo'lsa) yallig'lanish jarayonini eng o'rinli yo'l bilan to'xtatish katta amaliy ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtda yallig'lanishga qarshi vositalar ko'pgina xastaliklar va patologik xolatlarning farmakoterapiyasining muhim tarkibiy qismlaridir