Abstract:
Jigar noalkogol yog‘ kasalligi keng tarqalganligi, tashxislashda qiyinchiliklar va asoratlar rivojlanish ehtimoli tufayli zamonaviy gepatologiyaning dolzarb muammosiga aylangan. Butun dunyoda jigar noalkogol yog‘ kasalligining tarqalishi o‘rtacha 20–40% ni tashkil qiladi va har yili ortib bormoqda. Ushbu kasallikning avjolishi qibatida jigar fibrozi va sirrozi hamda ba’zi holatlarda gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanishi sababli o‘lim foizi tobora oshmoqda. Kriptogen jigar sirrozining 60–80%i noalkogol steatogepatit natijasida yuzaga kelishi aniqlangan. Jigar noalkogol yog‘ kasalligi butun dunyo bo‘ylab jigar transplantatsiyasining birinchi sababi hisoblanadi.