Abstract:
Son suyagi boshchasi osteonekrozi erta bosqichlarida konservativ davolash samarali hisoblanadi. Ushbu tadqiqot maqsadi kompleks jismoniy reabilitatsiya vositalarining bemorlar hayot sifatiga, chanoq-son bo‘g‘imining funksional holatiga va kasallik kechishiga baho berish. Son suyagi boshchasining erta bosqichlari bilan og‘rigan, anamnezidan COVID-19 o‘tkazgan 45 nafar statsionar davolangan bemorlar olindi. Bemorlar 3 guruhga ajratilib, I guruh dori vositalari, II guruh dori vositalari va fizioterapiya muolajalari, III guruh yuqoridagi muolajalar bilan birga maxsus davolovchi jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullantirildi. Barcha bemorlarda muolajalardan oldin va keyin Harris sinamasi, og‘riqning vizual analog shkalasi, JSSTning hayot sifatini baholash so‘rovnomasi o‘tkazildi. Tashxislash vaqtida (davolanishdan oldin) va davolangandan 6 oydan so‘ng MRT tekshiruvi o‘tkazildi. Olingan natijalarga ko‘ra, kasallikning erta bosqichlarida konservativ davolashda dori vositalari, fizioterapiya va davolovchi jismoniy tarbiya mashqlarini birga qo‘llash kasallik rivojlanishini sekinlashtirish, og‘riqni kamaytirish, bo‘g‘im funksional holatini va bemorlar hayot sifatini yaxshilashi aniqlandi